Kokorin va Mamaev 8 fevralgacha qamoqda qolishi mumkin
Nov. 8, 2018, 8:36 p.m. 1329

«Zenit» hujumchisi Aleksandr Kokorin va «Krasnodar» yarimhimoyachisi Pavel Mamaev ustidan ochilgan jinoyat ishi bo'yicha tergov harakatlari ikki oyga uzaytirilishi mumkin, deb xabar beradi «Rosbalt».

8 oktabr kuni futbolchilar Moskva shahrida ikkita mushtlashuvda ishtirok etganidan so'ng, sud ularga nisbatan «Tan jarohati etkazish» va «Bezorilik» moddalari bo'yicha jinoyat ishini ochib, 8 dekabrga qadar hibsga olgan edi.

Hozirgi kunda «Perviy kanal» boshlovchisi Olga Ushakovaning haydovchisi Vitaliy Solovchuk, Minpromtorg mulozimi Denis Pak va FGUP NAMI bosh direktori Sergey Gaysin bu ish bo'yicha jabrlanuvchi deb topilgan va ularga qo'shimcha ekspertiza tayinlangan. Unda Kokorin va Mamaev tomomnidan etkazilgan jarohatlarning turi va og'irligi aniqlanishi kerak.

Bundan tashqari, tergov boshqarmasi bu mojaro bo'yicha yangi videolavhalarni topgan va ularni o'rganib chiqmoqda.