EChLda mavsumdagi eng adolatsiz penalti belgilandi
Nov. 8, 2018, 12:34 p.m. 8200

7 noyabr kuni Chempionlar ligasi doirasida bo'lib o'tgan «Manchester Siti» - «Shaxtyor» uchrashuvida bosh hakam Viktor Kashshai qo'pol xatoga yo'l qo'ydi.

Gap shundaki, uchrashuvning 23-daqiqasi boshlangan soniyalarda mezbonlar hujumchisi Rahim Sterling raqib jarima maydoniga kirib borib, gazonni tepib yuborishi natijasida muvozanatni yo'qotib yiqilib tushdi. Bu vaqtda 20 metrlar chamasi narida turgan vengriyalik hakam vaziyatga himoyachi tomonidan qoida buzilishi deb baho berdi va 11 metrlik nuqtani ko'rsatdi. Vaholanki ukrainlar himoyachisi Mikola Matvienko hujumchiga na qo'li bilan va na oyog'i bilan tegingan, unga korpus bilan to'sqinlik qilishga ham urinmagan edi – u Rahimning ortidan faqat taqib qilib kelayotgan edi xolos.

Sterlingning o'zi ham vaziyatga oydinlik kiritishga urinmaganini qayd etib o'tish joiz. Jamoa guruh autsayderini o'z maydonida qabul qilayotgan va katta ehtimol bilan g'alabaga erishishi tayin edi. Uning o'zi ham aybini tushunib etdi va o'yindan so'ng uzr so'radi.

«To'pni o'rtacha kuch bilan oshirmoqchi bo'ldim, keyin nima bo'lganini esa bilmayman. Natijada maydonga ag'anab yiqilib tushdim.

Himoyachi bilan kontakt bo'lganini sezganim yo'q, bu mening aybim edi. Chimni tepib olib, qoqilib tushgandim. Buning uchun hakam va «Shaxtyor» jamoasidan uzr so'rayman», - degan Sterlingning so'zlarini keltirib o'tdi BT Sport.

Yakunda, Gabriel Jezus penaltini muvaffaqiyatli amalga oshirgach, hisob 2:0 ko'rinishiga keldi va ikkinchi bo'limda yana to'rtta to'p kiritgan «shaharliklar» yirik hisobdagi g'alabani qo'lga kiritdi.

Malumot uchun, Viktor Kashshai jahon futbolida o'z nomiga referilardan biri sanaladi. U JCh-2010da ishlagan, shundan so'ng EChLning 2011 yilgi finalini boshqarib borgan. Kuzatuvchilar so'nggi vaqtlarda uning hakamlik faoliyati sifati tushib borayotganini qayd etishgan. Kechagi bahsdagi xatosidan so'ng u EChLdan chetlatilishi mumkinligi aytilmoqda.

P.S. Angliyaning The Sun gazetasi bugungi soni muqovasida o'yin hisobi 6:0 emas, aslida 5:0 bo'lganini yozib chiqdi.