Chempionlar Ligasining ushbu mavsumidayoq VAR joriy qilinishi mumkin
Nov. 8, 2018, 10:10 p.m. 1825

UEFA rahbariyati Chempionlar Ligasi joriy mavsumida hakamning video-yordamchisi tizimidan (VAR) foydalanish haqida o'ylanib qoldi.

Bunga hakamlar tomonidan noto'g'ri qarorlarning qabul qilinishi sabab bo'lgan. Ayniqsa, «Manchester Siti» - «Shaxtyor» (6:0) o'yinida «shaharliklar» hujumchisi Rahim Sterling qoqilib ketib, maydonga yiqilganida, bosh hakam Viktor Kashshai penalti belgilaganidan so'ng, VAR tizimini tezroq joriy qilish istagi kuchaygan.

Rejaga ko'ra, tizim Chempionlar Ligasi pley-off bosqichidan boshlab ishga tushirilishi mumkin. Bu haqda UEFA dekabrda o'tkaziladigan kengashda elon qilishi kutilmoqda.