O'zbekiston terma jamoasining navbatdagi yig'iniga faqat bir hujumchi chaqirildi
Nov. 7, 2018, 12:26 p.m. 9409

O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper tomonidan shu oy tashkil etiladigan yig'inga chaqirilgan futbolchilar ro'yxati elon qilindi.

O'FA matbuot xizmatining malum qilishicha, jamoa 11-21 noyabr kunlari Avstraliyaning Brisben shahrida o'quv mashg'ulotlarini olib boradi. Yig'in doirasida 15 noyabr kuni Livan, 20 noyabrda Janubiy Koreya terma jamoalari bilan o'rtoqlik o'yini tashkil etiladi.

Avstraliya yig'iniga quyidagi 24 futbolchi jalb etilgan.

Darvozabonlar:
Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”)
Eldorbek Suyunov  (“Paxtakor”)
O'tkir Yusupov ("Qo'qon-1912")

Himoyachilar:
Anzur Ismoilov (“Lokomotiv”)
Davron Hoshimov ("Navbahor")
Vladimir Kozak(“Paxtakor”)
Egor KrimeTs (“Paxtakor”)
Farrux Sayfiev (“Paxtakor”)
Akmal Shorahmedov ("Paxtakor")
Islom To'xtaxo'jaev (“Lokomotiv”)
Doston Tursunov ("Neftchi")
Odil Hamrobekov ("Nasaf")
Oleg Zoteev ("Lokomotiv")

Yarim himoyachilar:
Odil Ahmedov (“Shanxay SIPG”, Xitoy)
Ikrom Aliboev ("Lokomotiv")
Doston Hamdamov ("Anji", Rossiya)
Aziz Turg'unboev ("Navbahor")
Husniddin G'ofurov (“Lokomotiv”)
Eldor Shomurodov(“Rostov”, Rossiya)
Otabek Shukurov  (“Sharja”, BAA)
Javohir Sidiqov ("Qo'qon-1912") 
Jasur Yaxshiboev ("Paxtakor")
Jaloliddin Masharipov ("Paxtakor")

Hujumchi:
Bikmaev Marat (“Lokomotiv”)