Inesta Lopetegi istefosidan bir kun o'tib unga SMS jo'natgan
Nov. 7, 2018, 9:57 a.m. 20825

Ispaniya terma jamoasi va «Barselona» klubining sobiq yarimhimoyachisi Andres Inesta o'tgan oy oxirida «Real»dan istefoga chiqarilgan Xulen Lopetegi bilan bog'liq vaziyatga munosabat bildirdi.

«Lopetegi bilan u Ispaniya termasini qabul qilib olganda tanishganman. Shundan buyon o'rtamizda mustahkam munosabatlar shakllangan. Jahon chempionati oldidan o'sha voqea ro'y berishini hech kim istamagan edi. Biroq uning ko'rsatgan yordami men uchun muhim. «Real»dan istefoga chiqarilgan kunning ertasiga unga xabarnoma yozib jo'natdim.

Murabbiylarning taqdirini natijalar hal etadi. Shu boisdan buni to'g'ri qabul qilishimiz kerak», - deya takidlagan Inesta Onda Cero radiosi efirida.

Eslatib o'tamiz, Lopetegi JCh-2018 oldidan Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyligidan olingan, bunga uning «Real» bilan bitim tuzish borasida kelishib olgani sabab bo'lgandi. U 29 oktabr kuni «qaymoqranglilar» ustozligidan ketdi.