Football Leaks Mbappening «PSJ»ga qo'ygan yashirin talablarini oshkor qildi
Nov. 7, 2018, 2:58 p.m. 11947

«PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe «Real» azosiga aylanishi mumkin edi. 2017 yil yozida Madrid klubi o'sha vaqtda «Monako» azosi hisoblangan futbolchi uchun 214 million evro taklif qilgan, deb xabar tarqatdi Football Leaks.

Ammo yakunda Mbappe ijara huquqi asosida Parijga yo'l olgan, keyinchalik uning transfer huquqini sotib olish «PSJ»ga 180 million evroga tushgan edi.

Football Leaks`ning aniqlashicha, hujumchi o'shanda FranTsiya chempionidan 5 yil uchun umumiy 55 million evrolik maosh to'lashlari, xususiy samolyot bilan taminlashlari va «Oltin to'p»ni qo'lga kiritgan taqdirda, unga klubning eng ko'p maosh oluvchi futbolchisi statusini berishlarini so'ragan.

Bundan tashqari, Mbappe, agar klub moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzgani bois Chempionlar ligasidan chetlatilsa, qo'shimcha kompensaTsiya to'lashlarini ham talab qilgan.

Manbaga ko'ra, o'sha vaqtda 18 yoshda bo'lgan hujumchining maosh borasidagi talablari to'liq, qolgan iltimoslari esa qisman qanoatlantirilgan.