Belgraddagi sensaTsiya va Simeonening qasosi. EChLda 4-tur o'yinlari
Nov. 7, 2018, 3:43 p.m. 4496

«Tribuna» Evropa Chempionlar ligasining 4-turi doirasida 4ta guruhda o'tkazilgan uchrashuvlardan keyin yuzaga kelgan vaziyatni tahlil qiladi.

Dortmundliklarning ilk mag'lubiyati

A guruhi
«Atletiko» – «Borussiya» D – 2:0 (Saul, 33. Grizmann, 80)
Ushbu o'yindan oldin jamoalar kayfiyat jihatidan ikki qutbda joylashgandi. Madridliklar Ispaniya chempionatida Diego Simeone davridagi eng yomon startni qayd etishmoqda, EChLda esa o'tgan turda Dortmundda kechgan uchrashuvda Simeone davridagi eng yirik mag'lubiyat qayd etildi (0:4). «Borussiya» esa yangi bosh murabbiy Lyusen Favrning debyut mavsumidayoq 15 uchrashuvdan iborat g'alabali seriyani qayd etishdi.

Boshqa tomondan «matraschilar»da motivaTsiya tomondan muammo bo'lmadi, jamoa faqat g'alaba uchun maydonga tushdi. O'yinni Diego Godin, Toma Lemar, Koke, Diego Kosta va Stefan Savich kabi etakchi futbolchilar o'tkazib yuborayotgani sezilmadi. Birinchi gol Felipe Luisning aql bovar qilmas reydidan keyin urildi - Saul to'pga bir teginida hisobni ochdi. Saul Chempionlar ligasida to'qqizinchi golini urdi. U to'qqiz uchrashuvda hisobni ochdi.

Bu o'yinda Lyusen Favr shogirdlari umuman o'ziga o'xshamadi, nemislar jamoasi o'yin davomida biror marta ham raqib darvozasi tomon aniq zarba yo'llamadi.

O'yin oxiriga yaqin qolganida Dortmund jamoasi mag'lubiyatdan qutulish maqsadida hujumga o'tganida Antuan Grizmann qarshi hujumni muvaffaqiyatli yakunladi.

U endi «Atletiko»ning EChLda 20dan ortiq gol urgan ilk futbolchisi. U murabbiyi uchun shu tariqa qasos oldi.

«Monako»ning qo'rqinchli tushi davom etadi

«Monako» (FranTsiya) - «Bryugge» (Belgiya) - 0:4 (0:3)
Gollar: Vanaken, 12 (0:1). Vanaken, 17 - penalti (0:2). Uesli, 24 (0:3). Vormer, 85 (0:4).

Monegaskliklarda tushkunlik davri davom etmoqda. «Bryugge»ga qarshi o'yin arafasida jamoa prezidenti Dmitriy Ribolovlev moliyaviy firibgarlikda ayblanib qo'lga olindi. Tarkibning deyarli yarmi jarohat tufayli safdan chiqqan jamoa yirik hisobda mag'lubiyatga uchradi. Jamoa etakchisi Kamil Glik jarohatlanganlar safini to'ldirdi. Endi jarohatlangan futbolchilar soni 11 nafarga etdi, Kamilgacha Subashich, Traore, Radji, Golovin, Roni Lopesh, Pellegri, N’Doram, Aolu va Gebbels kabi futbolchilar lazaretdan joy olishgandi.

«Monako»ning g'alabasiz seriyasi endi 15 o'yinga etdi. Rahbariyat bosh murabbiy Leonardu Jardimni ishdan bo'shatishi va uning o'rniga Terri Anrini olib kelishi foyda bermayapti. FranTsiya chempionati turnir jadvalida 19-o'rinda borayotgan jamoa EChLda amalda guruhdan chiqish imkoniyatini yo'qotdi. Oldinda esa «PSJ»ga qarshi o'yin - 11 noyabr kuni monegaskliklar FranTsiya chempionatida 12 o'yinda 12 g'alabaga erishgan, bu o'yinlarda raqiblari darvozasini 41 bor ishg'ol qilgan (-7) klubga qarshi maydonga chiqadi.

Keyn nomli kambek

V guruhi
«Tottenhem» – PSV – 2:1 (Keyn, 78, 89 – de Yong, 2)
Niderlandiya jamoalari «Uembli»ga tez-tez mehmon bo'lib turishmaydi. Oxirgi marta «Ayaks» 1971 yili Angliya stadionida o'yin o'tkazgandi, o'shanda gollandlar Chempionlar Kubogi finalida zafar quchishgan. Eyndxoven jamoasi ham bu o'yinni yaxshi boshladi, Lyuk de Yong 61-soniyada hisobni ochdi, bu PSVning EChLdagi eng tezkor goli bo'lish bilan birgalikda, «Tottenhem»ning eng tez gol o'tkazishi bo'ldi.

Maurisio Pokettino jamoasi evrokuboklardagi g'alabali seriyasini 5 o'yinga etkazmaslik uchun jon-jahdi bilan hujum qildi. Londonliklar birinchi bo'limda tanaffussiz hujum qilishdi, ammo Zut qahramonliklar ko'rsatdi. Shuningdek, uning jamoadoshlari zarbalarni to'sish borasida turnir rekordini o'rnatishdi.

Ikkinchi bo'limda Lorentening maydonga tashlanishi hal qiluvchi vaziyat bo'ldi, u birinchi golni urishi uchun Keynni qulay vaziyatga chiqardi.

89-daqiqada esa Keynning o'zi rikoshetlardan foydalangan holda jamosiga g'alaba keltirdi. Bu g'alaba londonliklarda ikkinchi o'rin uchun kurashish imkoniyatini qoldirdi.

Harri Keyn esa EChLdagi 14 o'yinida 13 gol urib, 2 golga hammualliflik qilmoqda.

 

Ikardi rozi bo'lmadi

«Inter» (Italiya) - «Barselona» (Ispaniya) - 1:1 (0:0)
Gollar: Malkom, 83 (0:1). Ikardi, 87 (1:1). 
«Inter»: Xandanovich, Vrsalko, de Fray, Shkrinyar, Asamoa, Politano (Kandreva, 81), Brozovich (Martines, 85), Vesino, Nainggolan (Valero, 63), Perishich, Ikardi.
«Barselona»: ter Shtegen, Serxi Roberto, Pike, Langle, Jordi Alba, Rakitich, Buskets, Artur (Vidal, 74), Dembele (Malkom, 81), Suares, Koutinyu.
Ogohlantirishlar: Rakitich, 43. Brozovich, 84. Perishich, 88. 
Hakam: Marchinyak (Polsha).

20 oktabr kuni «Sevilya»ga qarshi o'yinda o'ng qo'lidan jarohat olgan Lionel Messi Italiyaga jamoa bilan yo'l olgandi. Muxlislar uning qaytishi «Inter»ga qarshi o'yinda bo'lishini kutishayotgandi. Messining o'zi ham Milandagi o'yinda maydonga tushishni qattiq istagandi. Ammo o'yinga bir kun qolganida shifokorlar uning o'ynashiga ruxsat berishmadi. Ernesto Valverde ham tavakkal qilishni istamadi, qolaversa, kataloniyaliklar jamoasi bungacha Messisiz kechgan 4 o'yinda ham g'alaba qozongandi. «Inter»ga qarshi o'yin esa «Barselona»ning bu mavsumda Messisiz ilk marta ochko yo'qotishi bo'ldi. 

Ikardi Suaresga qarshi
Milanliklar hujumchisi kuzda yuqori sport formasiga kirdi. U A Seriyaning oxirgi 4 o'yinida 6 gol urgan, EChLdagi 3 o'yinda 2 golga mualliflik qilgan. Kataloniyaliklar hujumchisi Luis Suares ham Messi safdan chiqqanidan keyin to'purarlik qobiliyati saqlanib qolganini namoyish etmoqda. U el-klasikoda (5:1) 3ta, «Rayo Valekano»ga qarshi o'yinda (3:2) 2ta gol urishga erishdi.

Milanga safar urugvaylik hujumchining statistikasini to'g'rilab olish uchun imkon edi: ushbu futbolchi EChLda 3 yildan buyon safar o'yinlarida gol ura olmayapti. Oxirgi marta u 2015 yilning 16 sentabrida, «Roma»ga qarshi o'yinda (1:1) gol urishga erishgandi. Shundan keyin 14 uchrashuvdan iborat «quruq seriya» qayd etdi. Apenninga qaytish unga yordam berishi kerak edi.

Yomg'ir ostidagi qurg'oqchilik

Italiya shimolida ayni kunlarda yog'ingarchilik. «Inter» bu o'yinda g'alaba qozonishi shart edi, «Tottenhem» taqib etib kelmoqda. «Barsa» esa bu o'yinda ochko olish orqali pley-off masalasini muddatidan oldin hal qilish imkoniga ega edi. Ko'k-anorranglilarning motivaTsiyasi ustunroq chiqdi.

Katalonlar zarbalar berish bo'yicha yaqqol ustunlikka erishdi - 27:11 (aniq zarbalar bo'yicha 8:1). Agar Xandanovich bo'lmaganida birinchi bo'limda 0:0 hisobi saqlanib qolmasdi. Osmondan yomg'ir quyar, futbolchilar vaqt o'tgan toliqishardi, ammo himoyachilar diqqatni yo'qotishmasdi. 

«San-Siro»dagi asosiy voqealar o'yin oxirida ro'y berdi. Milanliklar darvozabonining jasoratlari ikkinchi bo'lim oxiriga qadar etdi. O'z navbatida, mezbonlar hujumchilari - Politano va Ikardi ham ahyon-ahyonda Ter Shtegenga ish topib turishdi. O'yin yakuniga 10 daqiqa vaqt qolganida Valverda jangga Malkomni tashladi. Katta mojaro bilan Kataloniya poytaxtiga kelgan Malkom shu vaqtga qadar murabbiy ishonchiga kira olmayotgandi. Braziliyalik futbolchi o'ziga berilgan imkondan unumli foydalandi, 83-daqiqada Koutinoning pasidan keyin Xandanovich qaytarib bo'lmas zarbani qaytara olmadi.

Ammo «Barselona» Milandan g'alaba bilan qayta olmadi - Ikardi o'yin oxirida katta sahnaga chiqdi. Argentinalik hujumchi raqib jarima maydonida yaxshi poziTsiya tanladi va yaqin masofadan turib darvozani ishg'ol etdi.

Ikki jamoa ham ochko oldi, Malkom asosiy tarkib uchun katta qadam tashladi, Suares esa EChL doirasidagi safar o'yinlaridagi golsiz seriyasini 15 o'yinga etkazib qo'ydi.

Neapoldagi durang - «Liverpul» uchun taskin

S guruhi
«Tsrvena Zvezda» - «Liverpul» – 2:0 (Pavkov, 22, 29)

Bu o'yinda ham siyosat aralashdi. Yaqinda «Arsenal» Bokudagi o'yinga armanistonlik yarimhimoyachisi Genrix Mxitaryanni olib bormagandi, endi esa Yurgen Klopp JCh-2018 vaqtida ShveyTsariya terma jamoasi safida Serbiya darvozasiga gol urgan va golini Albaniya mustaqilligi himoyachilariga bag'ishlagan holda qo'llari bilan ushbu mamlakat ramzi - burgutni ifodalagan Sherdan Chaqirini Belgradga yo'l olgan tarkibga kiritmaslikka majbur bo'ldi.

«Tsrvena Zvezda»ning «Liverpul» ustidan g'alabasi – kun sensaTsiyasiga aylandi. O'tgan mavsumda EChL finalchisi bo'lgan mersisaydliklar bu mavsumda guruh bosqichidagi ikki o'yinda mag'lubiyatga uchrashdi, Yurgen Klopp jamoasi Neapolda ham, Belgradda ham gol ura olmadi.

O'yin qahramoni ko'pchilikka tanish bo'lmagan 24 yoshli hujumchi Milan Pavkov bo'ldi, u hali hatto Serbiya terma jamoasidan chaqiruv olmagan. Uni belgradliklar o'tgan mavsumda «Radnichki»ga ijaraga berib yuborishgandi, endi esa u bir necha daqiqa ichida «Liverpul» darvozasiga ikkita gol urmoqda. Avvaliga Pavkov burchakdan to'p uzatilgan vaziyatda Virjiyl van Deyk bilan to'p uchun kurashda ustun kelib hisobni ochdi, keyin esa Milnerning xatosidan keyin to'pni egallab olib, Jorjino Veynaldumning taqibidan qochib ketgan holda uzoq masofadan aniq zarba yo'lladi. 

«Liverpul»ning hujumlari samarasiz ketdi. To'p goh ustundan, goh to'sindan qaytdi, boshqa vaziyatlarda darvozabon va himoyachilar to'g'ri harakat qilishdi. 

«Tsrvena Zvezda» «o'lim guruhi»da o'lmoqchi emas, turnirni «PSJ» ustidan yorqin g'alaba bilan boshlagan «Liverpul» esa EChLda qatorasiga uchinchi safar uchrashuvida mag'lub bo'lmoqda (jamoa o'tgan mavsumda yarim finalda «Roma»ga qarshi javob uchrashuvida 2:4 hisobida mag'lub bo'lgan, «Real»ga qarshi final uchrashuvi betaraf maydonda - Kiev shahrida o'tkazilgandi). Endi EChLdagi yubiley - 200-uchrashuvida «Liverpul» imkon qadar tezroq raqib darvozasini ishg'ol etishi kerak bo'ladi.

«Napoli» - «PSJ» – 1:1 (Insine, 62, penalti – Bernat, 45+2)

Janluiji Buffonning Italiyaga, Edinson Kavanining Neapolga qaytishi «San-Paulo»dagi o'yinni yanada tomoshaboproq qilishi kutilgandi. Urugvaylik hujumchi belidagi og'riq tufayli zaxira o'rindig'ida qoldi va faqat oxirgi 15 daqiqa davomida maydonda harakat qildi. «Yuventus»ning sobiq darvozaboni esa «PSJ»ni bir necha marta goldan saqladi. FranTsuzlar jamoasi birinchi bo'lim oxirida Xuan Bernatning goli evaziga hisobni ochdi. Bu vaziyatda Kilian Mbappe bo'sh qolgan darvoza qarshisidagi Bernatning oyog'iga to'pni qo'ndirib qo'ygandi. Bu gol Bernat uchun EChLda keyingi 2 mavsumdagi birinchi goli bo'ldi. U oxirgi marta 2016 yili Rostovda, «Bavariya» safida urgandi.

«Napoli» kamida durang uchun harakat qildi. Va neapolitanliklar o'z maqsadlariga erishishdi. Tyago Silvaning xatosi penaltiga olib keldi va Insine Buffon bilan duelda ustun keldi. Ushbu italiyalik futbolchi EChLdagi oxirgi 3 o'yinida 3 gol urmoqda. 

Bu o'yin Marek Hamshik uchun «Napoli» safidagi 512-o'yin bo'ldi – slovakiyalik futbolchi klub tarixida eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchiga aylandi. Yaqinda u klub uchun 120-golini urib, klub tarixidagi to'purarlar ro'yxatida afsonaviy Diego Maradonani ortda qoldirgandi.

Bu o'yindagi durangdan «Liverpul» xursand bo'ldi. Bu ikki jamoa o'zaro o'yinlarda 2tadan ochko olishga erishdi xolos.

«Shalke» «Loko»ga umid qoldirdi

D guruhi
«Shalke» – «Galatasaroy» – 2:0 (Burgshtaller, 4. Ut, 57)
«Portu» – «Lokomotiv» – 4:1 (Errera, 2, Marega, 42, Korona, 67, Otaviu, 90+3 – Farfan, 59)

Ikki hafta oldin, 3-tur doirasida Istanbulda kechgan uchrashuvda mezbonlar faqat mo'jiza tufayli durangga erishishgandi. Turklar jamoasi murabbiyi Fotih Terim ham buni tan olgandi. Ammo bu safar ularga omad kulib boqmadi. O'yin boshidayoq Muslera qo'pol xatoga yo'l qo'yib, jamoasini qiyin ahvolga solib qo'ydi.

Ikkinchi bo'limda Ut ikkinchi golni urib, jamoasining haqli g'alabasini taminladi.

«Lokomotiv» esa «Portu» qarshisida yana ojiz qoldi - 1:4. Rossiyaning amaldagi chempioni 4 uchrashuvdagi 4 mag'lubiyatdan keyin ham Evropa Ligasiga yo'llanma olish imkoniyatini saqlab qolmoqda. Buning uchun moskvaliklarga «Galatasaroy» asosiy raqib bo'ladi. Turklarning Gelzenkirxendagi mag'lubiyatidan keyin ikki jamoa o'rtasidagi 4 ochkolik farq saqlanib qolgan. Fotih Terim hamon EChL pley-offini orzu qilishi mumkin, Yuriy Syomin esa faqat Evropa Ligasini o'ylay oladi.