Venger "Milan" bosh murabbiyi bo'lishga yaqin
Nov. 6, 2018, 2:25 a.m. 3354

Arsen Venger yaqin vaqtlar ichida "Milan" bosh murabbiyi bo'lishi mumkin. Bu haqda France Football xabar berdi.

Manba bergan malumotga ko'ra, "Milan" franTsiyalik mutaxassis bilan olib borayotgan muzokaralari muvaffaqiyatli yakunlanish arafasida. 

Vengerni taklif qilish g'oyasi "Milan"ning yangi xo'jayinlari  – AQShning Elliot Management Corporation investiTsion fondi tomonidan ilgari surilgan. Bundan tashqari, 1 dekabr kuni Venger bilan "Arsenal"da birga ishlagan Ivan Gazidis "Milan" sport direktori bo'ladi. 

Eslatib o'tamiz, 69 yoshli Venger yozda 22 yillik faoliyatdan so'ng "Arsenal"ni tark etgan edi. 

"Milan" 11-turdan so'ng 21 ochko bilan A Seriyada 4-pog'onani egallab turibdi.