Paragvay derbisida 14 yoshli futbolchi gol urdi
Nov. 5, 2018, 1:03 p.m. 3664

Paragvay chempionatidan o'rin olgan «Olimpiya» va «Serro Porteno» klublari o'rtasidagi o'yinda mehmonlarning 14 yoshli futbolchisi Fernando Ovelar gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Yosh hujumchi darvozabon bilan yuzma-yuz chiqib, o'z imkoniyatidan unumli foydalandi.

Derbi 2:2 hisobida yakunlandi. «Olimpiya» 39 ochko bilan chempionatda peshqadamlik qilmoqda, «Serro Porteno» 32 ochko bilan 2-o'rinda boryapti.