Messiga «Barselona»da 3 futbolchining o'yini yoqmayapti
Nov. 4, 2018, 7:11 p.m. 25523

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi jamoaning 3 futbolchisi o'yinidan qattiq norozi. Mahalliy nashr malumotiga ko'ra, bular himoyachi Serxio Roberto, yarimhimoyachi Rafinya Alkantara va hujumchi Usmon Dembeledir.

Don Balon nashri malumotiga ko'ra, argentinalik futbolchi o'z noroziligi haqida jamoa bosh murabbiyi Ernesto Valverdega ham malum qilgan. U bu futbolchilar jamoa o'yinini ortga tortmoqda deb hisoblamoqda.

Joriy mavsumda 31 yoshli futbolchi «Barselona» safida 12 uchrashuvda maydonga tushib, 12 gol urgan va 6 golga uzatma bergan. U jamoasining oxirgi uch o'yinini, jumladan «Real»ga qarshi el-klasiko bahsini qo'lini sindirib qo'ygani uchun o'tkazib yubordi.