Ronaldu sevimli ishidan mahrum bo'lishi mumkin
Nov. 3, 2018, 6:09 p.m. 16826

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu jarima zarbalarini tepmaydigan bo'ldi.

Bosh murabbiy Massimiliano Allegri keyingi o'yinlardan boshlab, portugaliyalik bu ishni qilmasligini aytdi.

«Ronaldu — aqlli yigit. U Pyanich va Dibala jarima zarbalarini zo'r tepuvchi futbolchilar ekanini biladi. Ronaldu uzoq masofalardan belgilangan jarima zarbalarini amalga oshirish mumkin. Ammo jarima maydoni yaqinidagi zarbalarni Dibala va Pyanich tepadi», — deb Allegri so'zlarini keltirmoqda Calciomercato.

Krishtianu Ronaldu «Real» klubida deyarli barcha jarima zarbalarini tepar edi.