«Real» bosh murabbiyligi uchun kutilmagan nomzod paydo bo'ldi
Nov. 3, 2018, 2:06 p.m. 23445

«Real» prezidenti Florentino Peres «Monako» bosh murabbiyligidan istefoga chiqarilgan Leonardu Jardimni Madridga olib kelmoqchi.

Marca nashri xabariga ko'ra, Peres Antonio Kontedan rad javobini olgach, portugaliyalik mutaxassisga etiborini qaratgan.

Malumot uchun, 29 oktabr kuni qoniqarsiz natijalar tufayli ishdan bo'shatilgan Xulen Lopetegi o'rniga «Real»ni vaqtinchalikka Santyago Solari boshqarib turibdi. Jardim ham oktabr oyida «Monako» bilan muvaffaqiyatsiz start qayd etgani uchun ishdan bo'shatilgandi.