Figu Ronaldu va Ronaldoni taqqosladi
Nov. 3, 2018, 1:42 a.m. 14326

"Real Madrid" sobiq futbolchisi Luish Figu "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu va qirollik klubining sobiq hujumchisi braziliyalik Ronaldoni taqqosladi. 

"Ronaldu bosh bilan ko'p gollar uradi, biroq ular ikkisi ham ajoyib futbochlilar. Ronaldu o'ynashni davom ettirmoqda, men raqib darvozasi oldida Ronaldoni birinchi raqam deb bilaman. Shunday bo'lsa-da, ularning ikkisi ham gollarni kafolatlaydi. Asosiysi – ularga vaziyatlarni yaratib berish, qolganini ularning o'zi hal qilishadi", – dedi Figu. 

Eslatib o'tamiz, Figu Ronaldo bilan "Real"da birga to'p surgan, Ronaldu bilan esa Portugaliya terma jamoasi sharafini himoya qilgan.