Xitoy madhiyasi yangraganda boshini qashigan futbolchi jazolandi
Nov. 2, 2018, 10:25 a.m. 6190

Xitoy futbol federaTsiyasi «Shandun Lunen» klubi futbolchisi Diego Tardellini 1 o'yinga diskvalifikaTsiya qildi.

33 yoshli futbolchi «nomunosib ahloqi» uchun jazolangan: Tardelli Xitoy chempionatidan o'rin olgan «Shanxay Telleys»ga (2:4) qarshi o'yindan oldin yangragan mamlakat madhiyasi paytida boshini qashlagan. 

Joriy mavsumda Tardelli 24ta o'yin o'tkazib, 17ta gol urgan va 7ta golga hammualliflik qilgan.