O'zil Yurgen Klinsmann rekordini takrorladi
Oct. 23, 2018, 2:30 a.m. 4925

"Arsenal" yarim himoyachisi Mesut O'zil Angliya chempionati 9-turidan o'rin olgan "Lester"ga qarshi kechgan o'yinda (3:1) o'z hisobiga 1ta yozib qo'ydi. 

Futbolchi uchun bu APLdagi 30-gol bo'ldi. U APLda ko'p gol urish bo'yicha nemis futbolchilari orasidagi Yurgen Klinsmanning rekordini takrorladi. 

Klinsmann Angliya chempionatida 1994-1995 yillar hamda 1998 yilda "Tottenhem" sharafini himoya qilgan. 

Ushbu ko'rsatkich borasida kuchli beshlikdan Uve Resler (29), Robert Xut (21) va Lukas Podolski (19) o'rin olgan.