OChL. Xavi «As-Sadd» bilan finalga chiqolmadi
Oct. 23, 2018, 9:59 p.m. 2431

Osiyo Chempionlar Ligasida yarimfinalning javob o'yinlaridan biri o'tkazildi.

Eronning «Persepolis» klubi o'z maydonida Qatarning «As-Sadd» klubini qabul qildi. O'yin 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi. Dastlabki bahsda eronliklar 1:0 hisobida g'alaba qozongani tufayli, final yo'llanmasi ularga nasib qildi. «As-Sadd» tarkibida «Barselona»ning sobiq yarimhimoyachisi Xavi to'liq o'ynadi.

Finalning yana bir ishtirokchisi ertaga bo'lib o'tadigan Suvon Samsung Blyuuingz (Janubiy Koreya) - Kashima Antlers (Yaponiya) o'yinidan so'ng aniqlanadi.

Final bahslari 3 va 10 noyabr kunlari o'tkaziladi.

OChL, 1/2final, javob bahslari
23 oktabr
Persepolis (Eron) - As-Sadd (Qatar) - 1:1
Gollar:
Nematiy (49) - Bunidjah (17)
Dastlabki o'yin: 1:0

24 oktabr
Suvon Samsung Blyuuingz (Janubiy Koreya) - Kashima Antlers (Yaponiya)
Dastlabki bahs:
2:3