APL. "Arsenal" "Lester"ni mag'lub etib, 4-pog'onaga chiqib oldi
Oct. 23, 2018, 2:12 a.m. 4651

Angliya Premer Ligasi 9-turining so'nggi bahsi bo'lib o'tdi.

O'z maydonida "Lester"ni qabul qilgan "Arsenal" ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi – 3:1.

Maydon egalari safida O'zil o'z nomiga 1ta gol yozdirib qo'ygan bo'lsa, Obameyang dubl qayd etdi. Mehmonlarning yagona javob goli "Arsenal" himoyachisi Belerinning avtogoli oqibatida kiritildi. 

Arsenal – Lester 3:1 (1:1, 2:0)

Gollar: 0:1 – 31, avtogol Belerin, 1:1 – 45 Ozil, 2:1 – 63 Obameyang, 3:1 – 66 Obameyang.
Arsenal – Leno, Mustafi, Lixtshtayner (Obameyang, 61), Belerin, Xolding, Torreyra, Djaka, Ozil (Remzi, 80), Mxitaryan (Genduzi, 61), Ivobi, Lyakazett.
Lester – Shmeyxel, Maguayr, Evans, Chiluell, Rikardu Pereyra (Gezzal, 69), Ndidi, Amarti, Mendi, Meddison (Okadzaki, 75), Ixeanacho (Olbrayton, 61), Vardi.
Ogohlantirishlar: Xolding (17), Djaka (35), Olbrayton (64), Rikardu Pereyra (65).