«Real» yozda bir futbolchini qo'lga kiritish uchun barcha choralarni ko'radi
Oct. 22, 2018, 11 p.m. 15275

«Real» kelasi yil yozida «PSJ» hujumchisi Neymarni qo'lga kiritish uchun barcha choralarni ko'rmoqchi.

Goal xabariga ko'ra, klub prezidenti Florentino Peres nima qilib bo'lsa-da, 26 yoshli futbolchi transferini amalga oshirishni istayapti. Mulozim Ronaldu ketganidan so'ng, «Santyago Bernabeu»da yangi yulduz porlashini xohlayapti.

Joriy mavsumda Neymar «PSJ» tarkibida 11ta o'yin o'tkazib, 11ta gol urgan va 5ta golga hammualliflik qilgan. Avvalroq, «PSJ» uni yozda 222 million evro evaziga qo'yib yuborishga tayyorligi haqida xabarlar tarqalgan edi.