Mourino bilan ziddiyatga borgan «Chelsi» murabbiyi jazolanishi mumkin
Oct. 22, 2018, 10:55 p.m. 4768

Angliya futbol uyushmasi (FA) «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino va «Chelsi» murabbiyi Marko Ianni ustidan surishtiruv boshladi.

Eslatib o'tamiz, Angliya Premer-Ligasi 9-turidan o'rin olgan  «Chelsi» - «Manchester Yunayted» (2:2) o'yini oxirida, MauriTsio Sarrining yordamchilaridan biri Marko Ianni «Manchester Yunayted» zaxira o'rinidig'i yonida golni juda ehtirosli tarzda nishonlagan, bu esa Joze Mourinoga yoqmagan va u hamkasbi bilan orani ochiq qilishga tushib ketgan edi. Natijada, o'yin bir necha daqiqaga to'xtatildi. Faqatgina styuardlar va hakamlarning aralashuvidan so'ng, mojaroga barham berilgandi.

The Sun xabariga ko'ra, Mourinoga ogohlantirish berilgan. Sarrining yordamchisi esa jarimaga tortilishi va diskvalifikaTsiya qilinishi mumkin. Endi u 25 oktabrgacha tushuntirish berishi lozim.