Kokorin va Mamaevning qamoqxonadagi hayoti tafsilotlari malum bo'ldi
Oct. 22, 2018, 10:06 p.m. 7208

«Zenit» hujumchisi Aleksandr Kokorin va «Krasnodar» yarimhimoyachisi Pavel Mamaevning tergov izolyatoridagi hayoti tafsilotlari oshkor qilindi.

«Butirka» tergov izolyatorining boshlig'i Sergey Telyatnikov futbolchilar, Kokorinning ukasi Kirill va to'rtinchi ishtirokchini alohida, 2-4 mahbusga mo'ljallangan kichik kameralarga joylashtirgan.

To'rt nafar ayblanuvchida bir nafardan kameradosh bor, ularning uch nafari o'g'rilik, yana biri aliment to'lamagani uchun ushlangan.

Kokorinning kamerasi navbatchi xodim bilan bog'lanishga mo'ljallangan videoaloqa xizmatiga ega. Mamaevning kamerasida bunday tizim yo'q. Kameralar videokuzatuv tizimi bilan jihozlanmagan. 

Futbolchilarni hech kim urmayapti, ularning pullarini hech kim tortib olmayapti. Ular «parasha»ni (hojatxonani) faqat o'z ixtiyoriga asosan, kameradoshlari bilan navbatma-navbat yuvmoqdalar.

Futbolchilar sportzalda shug'ullanish va yuvinish xonasidan foydalanish uchun navbatga yozilishgan. Ulardan foydalanish narxi 500 rubl. Mamaev izolyator qoshidagi kichik cherkovga muntazam qatnamoqda.

Kokorinning kayfiyati boshqalarnikidan yomonroq. U yonidagi kameraga joylashtirilgan ukasi Kirillning ahvolidan xavotirda. Chunki, u devorlarining suvog'i tushgan va yoqimsiz hidli kameraga joylashtirilgan. Kokorin har doim Kirill haqida so'rayapti, hatto u bilan kamerasini almashtirishga ham tayyor. Biroq, qamoqxona «mehmonxona» emasligi, kameralar shunchaki almashtirilmasligi haqidagi javobni olgan.

Mamaev qilgan ishidan afsusda va buni ochiq oydin, ko'p marta aytmoqda. Kokorin bunday so'zlarni kam ishlatmoqda, deb xabar beradi «Moskovskiy KomsomoleTs».