Messining jarohati haqida rasmiy malumot berildi
Oct. 21, 2018, 12:36 p.m. 18817

«Barselona» o'z etakchisi Lionel Messining yigirma kundan ortiqroq muddatga safdan chiqqani haqidagi taxminlarni tasdiqladi.

Argentinalik futbolchi La Liganing 10-turi doirasida kecha bo'lib o'tgan «Sevilya»ga qarshi o'yinda o'ng qo'lidan jarohat olgan edi. Klubning malum qilinishicha, Messini stadiondan to'g'ri shifoxonaga olib borishgan va u erda qo'lining tirsak qismida sinish borligi malum bo'lgan.

Endilikda Leo Primera doirasidagi «Real» (28 oktabr) va «Rayo Valekano»ga qarshi (4 noyabr) o'yinlarni, EChLda esa «Inter» bilan bo'ladigan 3-4 tur bahslarini (24 oktabr va 6 noyabrda) o'tkazib yuboradi.

Eslatib o'tamiz, Messi «El-klasiko»lar tarixidagi eng yaxshi to'purar hisoblanadi. U «Barselona» va «Real» o'rtasidagi to'qnashuvlarda jami 18 ta gol kiritgan.