Fotoreportaj: Superligada chempionlik masalasi hal qilingan o'yin
Oct. 21, 2018, 9:48 a.m. 5940

O'zbekiston Superligasining 26-turi doirasida «Paxtakor» o'z maydonida «Lokomotiv»ni qabul qildi va 1:3 hisobida yutqazdi. 

Anzur Ismoilov, Marat Bikmaev va Sardor Mirzaevning gollariga mezbonlar Farrux Sayfievning birgina goli bilan javob qaytardi.

Bu g'alabadan so'ng, «Lokomotiv» turnir jadvalida «Paxtakor»dan 6 ochko ilgarilab ketdi va chempionlik masalasini amalda hal qildi. Agar o'yinda «Paxtakor» ochko ololganida chempionlik intrigasi saqlanib qolgan bo'lardi, lekin «temiryo'lchilar» asosiy taqibchisini 6 ochkoga ortda qoldirmoqda.

«Tribuna.Uz» fotomuxbiri o'yinning asosiy lahzalari aks etgan fotoreportajni taqdim etadi.