Neymar «Barselona»ga qaytishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi
Oct. 20, 2018, 12:20 p.m. 18822

«Pari Sen-Jermen» hujumchisi Neymar «Barselona»ga qaytishi mumkinligi haqidagi xabarlarni inkor qildi. 

Braziliyalik futbolchi bu mish-mishlarni tarqatgan bir necha jurnallarning muqovasini instagramga joylab, «Yolg'on xabarlar» deb yozdi.

Avvalroq, 26 yoshli Neymar «Barselona»ga qaytmoqchi ekani, 2019 yil yozida «PSJ» uni 222 million evroga qo'yib yuborishga tayyor ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Joriy mavsumda Neymar «PSJ» tarkibida barcha musobaqalarda 11ta o'yin o'tkazib, 11ta gol urgan va 4ta golga hammualliflik qilgan.