Konte «Real»ga tayinlansa, bir futbolchini olib kelmoqchi
Oct. 18, 2018, 8:44 p.m. 17728

Italiyalik mutaxassis Antonio Konte «Real» bosh murabbiyi qilib tayinlansa, «Santyago Bernabeu»ga olib keladigan futbolchisini aniqlab oldi.

Football Espana xabariga ko'ra, 49 yoshli mutaxassis «Bavariya»ga ijaraga berib yuborilgan kolumbiyalik yarimhimoyachi Xames Rodrigesni orqaga qaytarmoqchi.

Eslatib o'tamiz, nemis klubi futbolchini mavsum oxirida 42 million evroga to'liq sotib olish huquqiga ega.

Joriy mavsumda Xames «Bavariya» tarkibida 6ta o'yin o'tkazib, 2ta gol urgan.