«Real» Portugaliyaning eng mashhur gazetalaridan birini sudga berdi
Oct. 12, 2018, 9 a.m. 6914

«Real» klubi Portugaliyaning Correio da Manhã gazetasini sudga berdi. Bunga nashrning jinsiy zo'ravonlikda ayblanayotgan Krishtianu Ronaldu bilan bog'liq xabari sabab bo'lgan.

Nashrning 10 avgust kungi sonida yozishicha, zo'ravonlik qurboni bo'lgani aytilayotgan Ketrin Mayorganing jim yurishiga erishish uchun unga pul berishga Ronalduni aynan «Real»dagi mutasaddilar undagan.

«Tarqatilgan materialda yolg'on axborot mavjud va bu klub imijiga jiddiy tasir ko'rsatishi mumkin.

Gazetada aytib o'tilgan Krishtianu Ronaldu bilan bog'liq voqealardan «Real»ning mutlaqo xabari bo'lmagan va shu boisdan ham bu masalada hech qanday xatti-harakatni amalga oshira olmas edi.

«Real» yuqorida takidlangan gazetadagi materialga to'la-to'kis raddiya berilishini talab qiladi», - deya takidlangan klub rasmiy saytida.

Wikipedia malumotiga ko'ra, Correio da Manhã Lissabonda nashrdan chiquvchi, mamlakatda eng ko'p tirajga ega kundalik nashr hisoblanadi. Uning 10 oktabrdagi muqovasida «Real Madrid» Ronalduni Mayorgaga pul berishga undagan», takidini ko'rish mumkin. Ushbu xabar nashr rasmiy saytida ham chop etilgan.