«Barselona»ga kelganidan buyon bor-yo'g'i 27 daqiqa o'ynagani Malkomga yoqmayapti
Oct. 12, 2018, 9:27 a.m. 4210

«Barselona» yarimhimoyachisi Malkomning agenti Junior Mingelya mijozining etarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotgani to'g'risidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Bu haqda Mundo Deportivo xabar bermoqda.

Joriy mavsumda braziliyalik xavbek «Barsa» tarkibida 2 ta o'yinda maydonga tushib, bor-yo'g'i 27 daqiqa to'p surdi, xolos.

«Tushuntirish qiyin. Moslashish jarayoni hamma o'yinchilarda bo'ladi. AdaptaTsiya uchun Malkomda etarlicha vaqt bo'ldi. Hozircha u maydonda oz vaqt harakat qilmoqda, ammo maydonda o'zida bor salohiyatni ko'rsatib bera oladi.

Malkom bilan hammasi joyida va u o'ynashni istayapti. Bu holat unga yoqmayapti, ammo katta ishtiyoq bilan mehnat qilishdan chalg'iyotgani yo'q», - deb aytib o'tdi Mingelya.

Eslatib o'tamiz, Kataloniya klubi 21 yoshli ushbu yarim himoyachini shu yil yozda «Bordo»dan 41 million evroga xarid qilgan edi. U bilan 5 yillik shartnoma imzolangan.