«Yuventus» «Real» yarimhimoyachisi uchun 70 million evro bermoqchi
Oct. 11, 2018, 10:19 p.m. 10132

«Yuventus» klubi «Real» yarimhimoyachisi Xames Rodriges xizmatiga qiziqish bildirmoqda.

Football Espana xabariga ko'ra, «Keksa sinora» «Bavariya» tarkibida ijarada o'ynayotgan 27 yoshli futbolchi uchun 70 million evro berishga tayyor. Xamesning transferi amalga oshishi uchun myunxenliklar uni to'liq sotib olish hukuqidan voz kechishi, futbolchining o'zi esa Turinga ko'chib o'tishga rozi bo'lishi kerak.

Joriy mavsumda Xames «Bavariya» tarkibida 8ta o'yin o'tkazib, 2ta gol urgan va shuncha golga hammualliflik qilgan.