Tergovchilar Kokorin va Mamaevni hibsda qoldirishni so'rashadi
Oct. 11, 2018, 5:30 p.m. 1853

«Zenit» hujumchisi Aleksandr Kokorin va «Krasnodar» yarimhimoyachisi Pavel Mamaev qamoqda qolishi mumkin.

TASS xabariga ko'ra, tergovchilar har ikkalasini hibsda qoldirishni suddan talab qilishmoqchi.

Ayni paytda Kokorin va Mamaev tergov harakatlarini amalga oshirish maqsadida, vaqtinchalik hibsda ushlab turilibdi. Bugun ular jabrlanuvchilar bilan yuzlashtiriladilar.

Eslatib o'tamiz, 8 oktabr kuni har ikkala futbolchi Moskvadagi qahvaxonalardan birida Minpromtorg mulozimi Denis Pak va «NAMI» tashkiloti rahbari Sergey Gaysinni do'pposlashgan edi. Bu mojarodan biroz oldin esa «Perviy kanal» boshlovchisi Olga Ushakovaning haydovchisiga hujum qilishgan. Jabrlanganlar turli tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. Bu ish yuzasidan Moskva poliTsiyasi 213-modda (Bezorilik) bo'yicha jinoyat ishi ochdi va futbolchilarni 48 soatga hibsga oldi. Ularning o'z aybiga iqror bo'lgani aytildi. Har ikkala futbolchiga 7 yillik qamoq jazosi tahdid solmoqda.