Perishichning «Manchester Yunayted»ga nega o'tmay qolgani malum bo'ldi
Oct. 11, 2018, 9:05 p.m. 4121

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino so'nggi transfer kampaniyasidan bejizga norozi bo'lmagani aniqlandi.

Yozda «Inter» yarimhimoyachisi Ivan Perishich «qizil iblislar» tarkibiga o'tishga yaqin edi. Biroq, klub ijrochi direktori Ed Vudvord futbolchining transferi uchun 45 million funtdan ko'p to'lashni istamadi. Vaholanki, «ko'k-qoralar» 48 million funt so'rashayotgan edi.

Natijada, 3 million funtni to'lashni istamagan «Manchester Yunayted» Perishichni qo'lga kiritolmadi.