Muhammad Saloh jazodan qutulib qoldi
Oct. 11, 2018, 6:47 p.m. 6400

«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh transport vositasini boshqarayotganida mobil telefondan foydalangani uchun jazolanmaydi.

«Surishtiruv o'tkazildi va ayblov elon qilish uchun etarli dalil to'planmadi, shu tufayli, bu ish to'xtatiladi.

Saloh bilan suhbat o'tkazildi, unga rulda mobil telefondan foydalanmaslik haqida tavsiya berildi», – deb poliTsiya so'zlarini keltirmoqda ESPN.

Eslatib o'tamiz, avvalroq, «Liverpul» klubi Muhammad Salohning rulda mobil telefonda suhbatlashib ketayotgani videosini poliTsiyaga taqdim qilgan edi.