Mamaev «Krasnodar»ni tark etsa, katta zarar ko'radi
Oct. 11, 2018, 9:31 p.m. 2631

«Krasnodar» klubi yarimhimoyachi Pavel Mamaev bilan shartnomani bekor qilishni rejalashtirmoqda.

Futbolchi Moskvadagi qahvaxonalardan birida yuz bergan mushtlashuvda ishtirok etib, noxush voqea ishtirokchisiga aylangan edi.

Agar Mamaevning shartnomasi intizomiy jazo tufayli bekor qilinadigan bo'lsa, u holda futbolchi klubga 30 million evro to'lashiga to'g'ri keladi. Bu haqda uning shartnomasida ko'rsatilgan.

Ayni paytda Mamaev hibsda saqlanmoqda.