Kokorin va Mamaev poliTsiya mahkamasidagi tungi so'roq haqida gapirib berishdi
Oct. 11, 2018, 8:50 p.m. 5516

«Zenit» va «Krasnodar» futbolchilari Aleksandr Kokorin va Pavel Mamaev vaqtincha hibsga olinganidan so'ng, dastlabki intervyuni berdilar.

Futbolchilarni 10 oktabr kuni kechqurun poliTsiya mahkamasiga olib kelishgan edi. Shundan so'ng, so'roq tungi soat 3-4 largacha davom qilgan.

«So'roq tungi soat 3-4gacha davom qildi», — dedi Mamaev va tergov harakatlarining tunda o'tkazilishiga rozi bo'lganini tasdiqladi.

«Bunga etirozim yo'q. So'roq uzoq vaqt davom etdi. Hech narsani yashirmadim. Axir biror narsani inkor qilib bo'larmidi? Uchta holat bo'yicha so'roq qilindim. To'g'risini aytsam, o'zimni juda ahloqsiz tutgan edim. Hammasiga o'zimiz aybdormiz. So'roqdan keyin qon tahlilini topshirdik. Giyohvandlik moddasini istemol qilmagandik», — dedi Mamaev.

O'z navbatida Kokorin tungi so'roqqa rozilik bermagani, ammo bunga qarshi emasligini aytdi.

«Juda ham oshirib yuborishdi. Biz faqat pivo ichdik. Hammasi futbol o'yinidan keyin, uyqusiz tundan so'ng yuz berdi... Negadir bizni tuni bilan avtozakda shahar bo'ylab olib yurishdi. Juda ham afsusdaman. Sportni tark etmoqchi emasman, umid qilamanki, hech kim meni chetlashtirmaydi», - dedi u.

Shuningdek, Kokorin Minpromtorg mulozimi Denis Pakni stul bilan urgan vaziyatga izoh berdi.

«U odam meni haqorat qildi, aks holda o'zimni bunday tutmagan bo'lardim. Ammo videoda u bilan orani ochiq qilganimiz, oxirida qo'l berib ko'rishganimiz ham bor. Buni guvohlar ham tasdiqlashdi» - dedi Kokorin.

Eslatib o'tamiz, 8 oktabr kuni har ikkala futbolchi Moskvadagi qahvaxonalardan birida Minpromtorg mulozimi Denis Pak va «NAMI» tashkiloti rahbari Sergey Gaysinni do'pposlashgan edi. Bu mojarodan biroz oldin esa «Perviy kanal» boshlovchisi Olga Ushakovaning haydovchisiga hujum qilishgan. Jabrlanganlar turli tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. Bu ish yuzasidan Moskva poliTsiyasi 213-modda (Bezorilik) bo'yicha jinoyat ishi ochdi va futbolchilarni 48 soatga hibsga oldi. Ularning o'z aybiga iqror bo'lgani aytildi. Har ikkala futbolchiga 7 yillik qamoq jazosi tahdid solmoqda.