Kokorin 2 oyga hibsga olindi
Oct. 11, 2018, 11:13 p.m. 2943

Moskva shahrining Tverskoy sudi «Zenit» hujumchisi Aleksandr Kokorin va uning ukasi Kirillni 8 dekabrga qadar hibsda qoldirdi.

Futbolchining o'zi suddan kichkina o'g'li borligi uchun ozodlikda qoldirishini so'ragan edi. Ammo, prokuror uning ijtimoiy xavfli fuqaro ekanini, bundan tashqari, puli va tanishlari orqali guvohlarga tasir o'tkazishi mumkinligini inobatga olib, qamoqda qoldirishni so'radi. Sud ayblovchining talabini qondirdi.

Eslatib o'tamiz, 8 oktabr kuni aka-uka Kokorinlar va «Krasnodar» yarimhimoyachisi Pavel Mamaev Moskvadagi qahvaxonalardan birida Minpromtorg mulozimi Denis Pak va «NAMI» tashkiloti rahbari Sergey Gaysinni do'pposlashgan edi. Bu mojarodan biroz oldin esa «Perviy kanal» boshlovchisi Olga Ushakovaning haydovchisiga hujum qilishgan. Jabrlanganlar turli tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. Bu ish yuzasidan Moskva poliTsiyasi 213-modda (Bezorilik) bo'yicha jinoyat ishi ochdi va ishtirokchilarni hibsga oldi. Aybdorlarga 7 yillik qamoq jazosi tahdid solmoqda.