Himoyachi izlayotgan Sarri va Mourinoning nigohi bir futbolchiga qaratilgan
Oct. 11, 2018, 6:08 p.m. 8128

«Chelsi» bosh murabbiyi MauriTsio Sarri himoya chizig'ini yangi kadrlar bilan mustahkamlash kerak, degan fikrda.

The Sun manbasiga ko'ra, italiyalik mutaxassis London klubi rahbariyatidan «Milan» himoyachisi Alessio Romanolini sotib olishni iltimos qilgan. «Rossoneri»ning ushbu o'yinchisi siymosida Sarri Gari Keyhill va Andreas Kristensenga o'rinbosarni ko'rmoqda. Bu ikki futbolchi yanvardayoq klubni tark etish niyatida ekani qo'shimcha qilingan.

Eslatib o'tamiz, shu hafta boshida «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourinoning so'rovi bilan klub mutasaddilaridan Romanoli transferi ustida bosh qotirayotgani xabar qilingan edi. Portugaliyalik murabbiy, Alessiodan tashqari «Inter» vakili Milan Shkrinyarga ham qiziqish bildirmoqda.