«Barselona» rahbariyati Valverdedan rozi ekanini yana bir bor tasdiqladi
Oct. 11, 2018, 6:27 p.m. 2615

«Barselona» rahbariyati Ernesto Valverdening faoliyatidan qoniqish hosil qilmoqda. Bu haqda Marca nashriga klub bosh menejeri Pep Segura malum qilgan.

«Uning kelgusidagi faoliyati haqidagi qaror hali vaqti kelganda qabul qilinadi. Biz Valverde borasidagi bu masala yuzasidan hech qanday cheklov muddatlarini qo'ymaymiz. Uning ishi bizni qoniqtiryapti. O'rtamizda shartnoma bor, shunday ekan hech qanday tashvishga o'rin yo'q», - deb aytgan Segura.

Eslatib o'tamiz, oktabr boshida ham Kataloniya rahbariyati vakili, aniqrog'i bosh direktor Oskar Grau istefo haqidagi barcha gap-so'zlarni rad etgan edi.

«Biz Valverdega to'liq ishonch bildiramiz. Ishonchimiz komil, oldimizga qo'yilgan barcha vazifalar bajariladi» - degan edi Grau.

Qayd etish joiz, «ko'k-anorranglilar» La Liganing 4 turidan buyon g'alaba qozona olmay kelmoqda.