«Barselona» rahbari Vidalni odobsizlikda aybladi
Oct. 11, 2018, 8:20 p.m. 4647

«Barselona» bosh menejeri Xosep Segura yarimhimoyachi Arturo Vidalni jamoadoshlariga nisbatan hurmatsizlikda aybladi.

Avvalroq, chililik futbolchi asosiy tarkibga kiritilmayotganidan bir necha marta noligan edi.

«Vidal «Barselona» tarkibida o'ynab, g'alabalarga o'z hissasini qo'shmoqchi, bu yaxshi. Ammo, u murabbiy va jamoadoshlarini hurmat qilmayapti, o'zini professionaldek tutmayapti. Vidal o'zining nohaq ekanini tushunib olishi kerak. Ishonchim komil, u shunday qiladi», – deb Segura so'zlarini keltirmoqda Tribalfootball.

Vidal «Barselona»ga yozda «Bavariya»dan o'tgan edi. Futbolchi Ispaniya chempionatining joriy mavsumida 6ta o'yinda maydonga tushgan.