Azar o'z kelajagi haqidagi fikrini aytdi
Oct. 11, 2018, 8:09 p.m. 7030

«Chelsi» yarimhimoyachisi Eden Azar qishda «Real»ga o'tmasligini aytdi.

«Qishda «Chelsi»ni tark etamanmi? Yo'q. Bu haqda ko'p marotaba aytganman. Yanvarda hech qaerga ketmayman», – deb Azar so'zlarini keltirmoqda AS.

Avvalroq, londonliklar futbolchini 200 million evro evaziga «Real»ga qo'yib yuborishga tayyorligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

27 yoshli futbolchining «Chelasi» bilan imzolagan shartnomasi 2020 yilgacha mo'ljallangan.