Zo'ravon futbolchilarni jiddiy jazo kutmoqda. Ikki do'stning Moskvadagi sarguzashtlari tafsilotlari
Oct. 9, 2018, 5:51 p.m. 10751

Rossiya terma jamoasining sobiq azolari, «Zenit» hujumchisi 27 yoshli Aleksandr Kokorin hamda «Krasnodar» yarimhimoyachisi, 30 yoshli Pavel Mamaevga nisbatan jinoiy ish ochilgan.

Futbolchilar avvaliga Moskva markazida «Pervyy kanal» boshlovchisining haydovchisini, keyinroq kafeda Minpromtorg mulozimini do'pposlashda gumon qilinishmoqda. Ularga nisbatan klublari tomonidan ham jiddiy sankTsiyalar qo'llanishi kutilmoqda. OAVda tarqalgan oxirgi xabarlarga ko'ra, futbolchi qo'lga olingan. 

8 oktabr kuni internetda futbolchilar Moskvadagi Nikita bulvarida joylashgan «Kofemaniya» kafesida RF Savdo va sanoat vazirligi mulozimi Denis Pakga hujum qilgani tasvirlangan video tarqaldi.

9 oktabr kuni esa kafedagi janjaldan biroz vaqt oldin futbolchilar «Pervyy kanal» boshlovchisining haydovchisini do'pposlashgani malum qilindi.

Haydovchiga hujum

7 oktabr kuni Peterburgda «Zenit» Rossiya chempionati doirasida «Krasnodar»ni qabul qildi va 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Jarohatidan tuzalib safga qaytgan Kokorin ikkinchi bo'limda maydonga tushdi, o'yinni to'liq o'tkazgan Mamaev esa mehmonlarning yagona javob goliga mualliflik qildi. O'yindan keyin futbolchilar Moskvaga yo'l olishdi. Kokorin o'z instagramida Mamaev bilan «Do'stlikning 10 yili»ni nishonlayotgani haqida yozgan.

Foto: Instagram /Aleksandr Kokorin

8 oktabr kuni tongida «Pekin» mehmonxonasi yaqinida Kokorin va Mamaev «Pervyy kanal» boshlovchisi Olga Ushakova va uning haydovchisi — Viktor Solovyovga hujum qilishgan. Bu haqda dastlab Mash xabar tarqatdi, xabarga «Moskovskiy komsomoleTs» aniqlik kiritdi. Ushakova poliTsiyaga murojaat qilgan.

Malum bo'lishicha, Solovyov futbolchilardan bezorilik qilmaslikni, mashinasiga «suykalmaslik»ni so'ragandi. Bunga javoban futbolchilar haydovchiga tashlanishgan. Telegram-kanal 112 kanalida tarqalgan videoda voqea jarayoni aks etgan. Ammo kuzatuv kameralari orqali olingan tasvirlarda hujum qiluvchilar Kokorin va Mamaev ekani aniq ko'rinmagan. Ayni vaqtda haydovchi shifoxonaga yotqizilgan, uning burni sinib, miyasi chayqalgan.

Qahvahonadagi zo'ravonlik

Skrinshot

Ko'chadagi voqeadan 2 soatcha vaqt o'tib, ushbu futbolchilar ishtirokida navbatdagi janjal yuzaga kelgan. 

Soat 09:00 atrofida Kokorin va Mamaev do'stlari bilan Nikita bulvaridagi «Kofemaniya» qahvaxonasiga nonushta uchun kirishgan. Mash manbasi yozishicha, futbolchilar «qahvaxonani boshlariga ko'tarib, shovqin-suron qilishgan». Mijozlardan biri, Savdo va sanoat vazirligi tarkibidagi Avtomobilsozlik va temiryo'l sanoati departamenti direktori Denis Pak ulardan tinchlanishni so'raganida esa futbolchilar unga tashlanishgan. Xabarlarda aytilishicha, futbolchilar uni irqiy kamsitishgan va «Xitoyga qaytib, u erdagilarga aql o'rgatish»ni tavsiya qilishgan. Videoda Kokorin Mamaev bilan bahslashib turgan Pakning boshiga stul bilan urgani, keyin unga Kokorinning ukasi mushti bilan zarba beradi. Pakka uning yordamchisi yordamga keladi, lekin uning o'zi ham hujumga uchraydi.

«Interfaks» agentligi aniqlik kiritishicha, Denis Pak bilan birga vazirlikning yana bir mulozimi, ilmiy markaz direktori Sergey Gasin ham shifoxonaga va poliTsiyaga murojaat qilgan.

Jinoiy ish

Moskva poliTsiyasi shahar markazida ro'y bergan bu ikki hodisa bo'yicha jinoiy ish ochgan.

«Kofemaniya»dagi hodisa bo'yicha RF Jinoyat Kodeksining 116-moddasi bilan («Kaltaklash») ish ochilgan. Bu modda bo'yicha 360 soatgacha majburiy jamoat ishlaridan 2 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi qo'llanishi mumkin.

Denis Klimentevich Pakning advokati so'zlariga ko'ra, davogarlar ish «Bezorilik» sifatida qayta kvalifikaTsiyalanishiga erishishmoqchi. Bu holatda futbolchilarga nisbatan RF JKning 213-moddasi qo'llanib, ularga 300-500 ming rubl miqdoridagi jarimadan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi qo'llanishi mumkin.

Ikkinchi holat bo'yicha ham 116-modda bo'yicha ish ochilgan.

Klublarning munosabati

8 oktabr kuni dastlabki xabarlar tarqalganida, «Krasnodar» o'z futbolchisi «dam olishda» ekani haqida bildirib, bu voqea Mamaevning shaxsiy ishi ekanini malum qilgandi: «Biz kim qaerda ekanini nazorat qila olmaymiz. Bizning vakillarimiz u erda bo'lishmagan, klub bu ish ishtirokchisi emas».

9 oktabr kuni esa «Krasnodar»ning munosabati keskin o'zgardi, Mamaevning ishi «buzg'unchilik» deb baholandi: futbolchi mashg'ulotlardan chetlatildi va unga maksimal miqdorda jarima solinishi malum qilindi. Qo'llanadigan jarima miqdori malum emas. «Krasnodar» shuningdek, bu futbolchi bilan shartnoma bekor qilinishiga erishish uchun barcha choralar ko'rilishini bildirdi.

«Zenit» ham Kokorin mushtlashuvda ishtirok etganini tasdiqladi, klub uning xatti-harakatlarini «juda xunuk ish» deb baholadi va poliTsiyaning «huquqiy bahosi»ni kutishni maqul ko'rdi. Sport24.ru telekanali «Zenit» Kokorin bilan shartnomani bekor qilmoqchiligi haqida xabar tarqatdi. Ammo klubning rasmiy malumotida bu haqda aniq gap ketmagan, faqat «futbolchi jazodan qutula olmasligi» keltirilgan.

«Ayni vaqtda «Zenit» rahbariyati va muxlislar mamlakatning eng istedodli futbolchilaridan biri o'zini bu qadar yoqimsiz tutganidan qattiq xafa», deyilgan klub bayonotida. Piterliklarning Kokorin bilan amaldagi shartnomasi 2019 yilgacha tuzilgan. Shartnomada Kokorin qoidalarni qo'pol ravishda buzgan holatda, u bilan kelishuv bekor qilinishi ehtimoli haqida band mavjud.

Bu Mamaev va Kokorin ishtirokidagi birinchi mojaro emas

2016 yilning yozida Rossiya terma jamoasi bilan FranTsiyaga, Evro-2016 turniri uchun borgan Aleksandr Kokorin va Pavel Mamaev terma jamoa turnirdagi ishtirokini yakunlaganidan keyin bazm uyushtirganida ham tanqidlar ostida qolishgandi. Muxlislar Rossiyaning mag'lubiyatini hazm qilishga urinishayotganida bu ikki futbolchi Monte-Karlodagi barlardan biriga tashrif buyurib, Rossiya madhiyasi sadolari ostida ko'ngilxushlik qilishgandi. Bir butilkasi 500 dollar turadigan o'nlab shampanlar bilan bayram uyushtirgan futbolchilar jamoatchilik noroziligini keltirib chiqarishganidan keyin asosiy terma jamoadan chetlatilgan, shundan keyin Rossiya terma jamoasiga chaqirilmagan. O'shanda Rossiya Sport vaziri va futbol ittifoqi rahbari bo'lgan Vitaliy Mutko bu futbolchilar Rossiya sporti imijini buzishgani haqida bayonot bergandi.

Rossiya Sport vazirligining hozirgi rahbari Pavel Kolobkov futbolchilar ishtirokidagi oxirgi voqealarga munosabat bildirib, ular hozir terma jamoa azolari emasligi, bundan keyin ham hech qachon terma jamoada o'ynamasligi haqida bayonot berdi.

Endi nimalar bo'ladi?

Mamaevning rafiqasi Alana Mamaeva bu voqealarga izoh berar ekan, «ular mast bo'lishgani, o'z turmush o'rtog'i uchun qattiq uyalayotgani» haqida gapirgandi.

Sport24.ru nashri tarqatgan xabarga ko'ra esa Mamaeva ajrashish uchun ariza bergan. 

Ayni vaqtda Rossiya jamoatchiligi bu voqeani qizg'in muhokama qilmoqda va futbolchilar qattiq tanqid ostida qolgan.

Vaziyatga Kreml ham munosabat bildirib, Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov bayonot berdi.

«Kreml Mamaev va Kokorin bilan bog'liq voqeaga etibor qaratdi. Biz videokadrlarni ko'rdik. Bu videodagilarning qaysilari qaysi futbolchilar ekaniga aniqlik kiritish lozim.

U erda ko'plab guvohlar bo'lishgan. Videotasvirlar bor. Huquq tartibot organlari uchun bu ish bilan shug'ullanish ortiqcha murakkablik tug'dirmaydi, biz esa his-tuyg'ularga berilishdan qochishimiz kerak »

«360 TV» telekanali poliTsiya Aleksandr Kokorin va Pavel Mamaevni qo'lga olgani haqida xabar tarqatdi. Hozircha bu xabar rasman tasdiqlanmadi.