Sentabr oyining eng chiroyli goliga ovoz berish jarayoni boshlandi
Oct. 9, 2018, 10:44 a.m. 2215

O'zbekiston Professional futbol ligasi saytida sentabr oyining eng chiroyli goliga ovoz berish jarayoni boshlandi.

Bu so'rovnomada Superliganing 12ta klubi bosh murabbiylari va sardorlari ishtirok etadi. Muxlislar ovozi esa PFL rasmiy saytida bo'ladigan so'rovnoma orqali qabul qilinadi.

Sentabr oyida Superligada 23-24-tur o'yinlari, shuningdek, O'zbekiston Kubogi 2018 chorakfinal va yarimfinal bahslari o'tkazildi. Bu o'yinlarda bir qancha futbolchilar raqib darvozasini chiroyli tarzda ishg'ol etib, muxlis-u mutaxassislar olqishiga sazovor bo'lishdi.

Sentabr oyining eng chiroyli goli muallifi bo'lish uchun quyidagi nomzodlar ajratib olindi:

- Dilshod Raxmatullaev (“Paxtakor” yarimhimoyachisi, “Qo'qon-1912” darvozasiga urgan goli);
- Muzaffar Muzaffarov (OKMK yarimhimoyachisi, “Bunyodkor” darvozasiga urgan goli);
- Islom Rashidxonov (“Nasaf” yarimhimoyachisi, “Neftchi” darvozasga urgan goli);
- Tiago Bezerra (“Paxtakor” yarimhimoyachisi, “Lokomotiv” darvozasiga urgan goli);
- Murod Toshmatov (“Bunyodkor” yarimhimoyachisi, OKMK darvozasiga urgan goli).

Nomzodlarga PFL rasmiy saytidagi so'rovnoma orqali ovoz berish mumkin.