«Oltin to'p» so'rovnomasida peshqadam paydo bo'ldi
Oct. 9, 2018, 8:31 p.m. 27277

France Football jurnali o'z saytida «Oltin to'p»ni kim olishi haqidagi so'rovnomani elon qilgan edi.

370 mingdan ortiq o'quvchi ovoz berganidan so'ng, so'rovnomada «Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh peshqadam bo'lib oldi. U 42% ovoz to'plashga muvaffaq bo'lgan.

Ikkinchi o'rinni 38% ovoz bilan «Barselona» hujumchisi Lionel Messi, uchinchi o'rinni atigi 7% ovoz to'plagan «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu egallab turibdi.

FIFA talqini bo'yicha yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Luka Modrich, shuningdek, «PSJ» hujumchilari Neymar va Kilian Mbappe 2% ovoz to'plashgan xolos.

So'rovnoma davom etmoqda.