Zidanning «Real»ni tark etish sabablari malum bo'ldi
Oct. 8, 2018, 8:41 p.m. 29839

«Real»ning sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidanning agenti Alan Milyachcho mijozining «Qirollik klubi»dan ketish sabablarini oshkor qildi.

«Zidan manaviy jihatdan juda toliqqan edi, shu sababli «Real»ni tark etdi. U bir yilni futbolsiz o'tkazishga qaror qildi va hozircha bu rejasini o'zgartirmoqchi emas», — deb Milyachcho so'zlarini keltirmoqda Sport.es.

Avvalroq, Zidanning xizmatiga «Manchester Yunayted» qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Keyinchalik klub bu xabarni inkor qildi.

Zidan 2,5 yil davomida «Real»ni boshqarib, uch marta Chempionlar Ligasida g'alaba qozondi. Mutaxassis shu yil may oyida klubni tark etgandi.