Ronalduning navbatdagi goli va Anchelottining kutilmagan iqrori - Italiyada 8-tur voqealari
Oct. 8, 2018, 7:16 p.m. 16354

Italiya chempionatida 8-tur o'yinlari o'tkazildi. Unda etiborga molik bo'lgan bir qancha voqealar yuz berdi.

«Yuventus»ning ishonchli g'alabasi va Ronalduning goli 

«Yuventus» safarda «Udineze» bilan bellashdi va 2:0 hisobidagi ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi. 33-daqiqada Bentankur hisobni ochgan bo'lsa, oradan 4 daqiqa o'tgach Ronaldu hisobdagi farqni oshirdi. Shundan keyin turinliklar o'yin oxiriga qadar tashabbusni boy bermadilar. 

Natijada, «Yuventus» qatorasiga 8-g'alabani qo'lga kiritib, 100% natija bilan peshqadamlikni saqlab qoldi. Bu Italiya futboli tarixida 6-marta yuz berdi. Bundan oldin «Yuventus» 1930/31, 1985/86 va 2005/06, shuningdek «Roma» 2013/14 va «Napoli» 2017/18 mavsumida shunday natijani ko'rsatgan edi.

Krishtianu Ronaldu gollari sonini 4taga etkazib, to'purarlar bahsida yuqoriga ko'tarilib oldi. O'yindan keyin, turinliklar ustozi Massimiliano Allegri portugaliyalik hujumchiga yuqori baho berdi.

«Biz uch oydan beri birga ishlayapmiz va bu vaqt mobaynida u o'zini juda yaxshi namoyon qilmoqda. 15 yillik faoliyati davomida u maydonda va uning tashqarisida katta professional ekanini namoyish qilgan», - deb Allegri so'zlarini keltirmoqda Football Italia.

Udineze – Yuventus 0:2
6 oktabr, «Friuli» stadioni
Gollar: 0:1 – 33 Bentankur, 0:2 – 37 Ronaldu. 
Udineze – Skuffet, Larsen, Trost-Ekong, Nyuytink, Samir, Bexrami (Pussetto, 62), Barak (Teodorchik, 75), Fofana, Mandragora, de Paul, Lazanya (Felipe Vizeu, 86).
Yuventus – Shchensni, Joau Kanselu, Bonuchchi, Kellini, Aleks Sandro, Bentankur, Pyanich (Bardzali, 89), Matyuidi (Jan, 46), Dibala (Bernardeski, 66), Manjukich, Ronaldu.
Ogohlantirishlar: de Paul (50), Samir (79), Lazanya (82), Manjukich (90).

«Napoli»ning g'alabasi va Anchelottining kutilmagan iqrori

«Napoli» o'z maydonida «Sassuolo» bilan bellashib, raqib darvozasiga javobsiz 2ta to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi. Gollar Unas va Insine hisobiga yozildi. Karlo Anchelotti shogirdlari bu g'alabadan so'ng, 18 ochko jamg'arib, «Yuventus»ning eng yaqin taqibchisi bo'lib turishibdi. 

O'yindan so'ng, «Napoli» ustozi Karlo Anchelotti g'alaba haqidagi fikrlarini aytdi.

«Jamoada haqiqiy professionallar yig'ilgan, shu tufayli, tarkibda rotaTsiya qilishdan qo'rqmasak ham bo'laveradi. Biz kuchli raqibga qarshi yaxshi o'yinni o'tkazdik. Hozirgi maqsadimiz - «Yuventus»ni quvib etish emas, balki o'yinimiz sifatini yaxshilash», - deb Anchelotti so'zlarini keltirmoqda Football Italia. 

Napoli – Sassuolo 2:0
Gollar:
1:0 – 3 Unas, 2:0 – 72 Insine. 

«Inter» 3-o'ringa chiqib oldi

«Inter» safarda SPAL bilan bellashdi va 2:1 hisobidagi qiyin g'alabani qo'lga kiritdi. «Ko'k-qoralar» hujumchisi Mauro Ikardi bellashuvda 2ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Qatorasiga 4ta o'yinda zafar quchgan «Inter» 16 ochko jamg'arib, 3-o'ringa chiqib oldi.

Bellashuvdan keyin, «Inter» ustozi Luchano Spalletti o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

«Qiyin o'yin. SPAL zo'r pressing qildi, natijada, rosa ter to'kishimizga to'g'ri keldi. Biz uzoq vaqt mobaynida yarimhimoya va hujum chizig'i bilan aloqani tiklay olmadik. Tanaffusdan so'ng, kerakli tarzda o'ynadik va uch ochkoni qo'lga kiritdik».

SPAL – Inter 1:2
Gollar:
0:1 – 14 Ikardi, 1:1 – 72 Paloski, 1:2 – 78 Ikardi. 

«LaTsio» muhim g'alabaga erishib, kuchli to'rtlikda qoldi

«LaTsio» o'z maydonida «Fiorentina»ni qabul qildi. O'yin teng kurashlar ostida o'tdi. Har ikkala jamoada gol urish uchun ko'plab vaziyatlar bo'ldi. Ammo darvozaga yagona to'pni kiritish «LaTsio»ga nasib qildi. 37-daqiqada Immobile o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi. Bu natijadan so'ng, «LaTsio» 15 ochko bilan 4-o'rinda, «Fiorentina» esa 13 ochko bilan 7-o'rinda bormoqda.  

LaTsio – Fiorentina 1:0
Gol:
1:0 – 37 Immobile. 

A Seriya 8-turining barcha natijalari

7 oktabr
Jenoa – Parma 1:3
Gollar:
1:0 – 6 Pyontek, 1:1 – 16 Rigoni, 1:2 – 26 Siligardi, 1:3 – 30 Cheravolo. 

LaTsio – Fiorentina 1:0
Gol:
1:0 – 37 Immobile. 

Milan – Kevo 3:1
Gollar:
1:0 – 27 Iguain, 2:0 – 34 Iguain, 3:0 – 56 Bonaventura, 3:1 – 63 Pellisse. 

Atalanta – Sampdoriya 0:1
Gol:
0:1 – 76 Tonelli. 

Napoli – Sassuolo 2:0
Gollar:
1:0 – 3 Unas, 2:0 – 72 Insine. 

SPAL – Inter 1:2
Gollar:
0:1 – 14 Ikardi, 1:1 – 72 Paloski, 1:2 – 78 Ikardi. 

6 oktabr
Kalyari – Bolonya 2:0
Gollar:
1:0 – 22 Joao Pedro, 2:0 – 68 Pavoletti. 

Udineze – Yuventus 0:2
Gollar:
0:1 – 33 Bentankur, 0:2 – 37 Ronaldu. 

Empoli – Roma 0:2
Gollar:
0:1 – 36 Nzonzi, 0:2 – 85 Jeko. 

5 oktabr
Torino – Frozinone 3:2 
Gollar: 1:0 – 20 Rinkon, 2:0 – 46 Bazelli, 2:1 – 58 Goldaniga, 2:2 – 64 Chiano, 3:2 – 71 Berenger. 

A Seriya jadvali

A Seriya to'purarlari
9 - Kshishtof Pyontek (Jenoa)
6 - LorenTso Insine (Napoli)
5 - Chiro Immobile (LaTsio), Gregore Defrel (Sampdoriya)
4 - Rodrigo De Paul (Udineze, 1), Krishtianu Ronaldu (Yuventus), Mario Manjukich (Yuventus), Gonsalo Iguain (Milan)

8-turning ramziy terma jamoasi

A Seriyaning 9-tur o'yinlari

20 oktabr
Roma - SPAL
Yuventus - Jenoa
Udineze - Napoli

21 oktabr
Frozinone - Empoli
Parma - LaTsio
Kevo - Atalanta
Bolonya - Torino
Fiorentina - Kalyari
Inter - Milan

22 oktabr
Sampdoriya - Sassuolo


«Yuventus» yangi rekordni o'rnatdi

Turinning «Yuventus» klubi A Seriya 8-turida «Udineze»ni 2:0 hisobida mag'lub etdi. Natijada, jamoa o'z tarixida ilk marotaba mavsumning dastlabki 10ta o'yinini g'alaba bilan yakunlashga muvaffaq bo'ldi (A Seriyada 8ta, Chempionlar Ligasida 2ta).

Ikardi gollar soni bo'yicha «Inter»ning afsonaviy hujumchisiga etib oldi 

«Inter»ning argentinalik hujumchisi Mauro Ikardi SPAL (2:1) klubiga qarshi o'yinda 2ta gol urdi. Natijada, uning milanliklar tarkibidagi gollari soni 103taga etdi. Bu ko'rsatkich bo'yicha u klub to'purarlari ro'yxatida 9-o'rinda borayotgan Kristian Veriga etib oldi. 

Qayd qilish joiz, «Inter»ning eng yaxshi to'purari Juzeppe MeaTsTsa hisoblanadi - 198ta gol.

Berluskoni «MonTsa» klubida o'z qoidalarini o'rnatdi

«Milan» klubining sobiq xo'jayini Silvio Berluskoni S Seriya vakili «MonTsa» klubini xarid qilganidan so'ng, o'z qoidalarini joriy qildi. 82 yoshli siyosatchi va ishbilarmon jamoada soqol, tatuirovka, sirg'a va antiqa soch turmaklari bo'lmasligini aytdi.

«Bu faqat yosh italiyalik futbolchilardan iborat jamoa bo'ladi. Ularda soqol, tatuirovka, quloqqa taqiladigan sirg'a va g'alati soch turmaklari bo'lmaydi.

Ular maydonda adolat namunasiga aylanishadi, qoidabuzarlikka yo'l qo'yishsa, raqibdan uzr so'rashadi. Men zamonaviy futboldan farq qiluvchi jamoani barpo qilmoqchiman», - deb Berluskoni so'zlarini keltirmoqda Football Italia.