Video: Rossiya terma jamoasining ikki futbolchisi mulozimni do'pposlashdi
Oct. 8, 2018, 11:07 p.m. 4376

«Zenit» hujumchisi Aleksandr Kokorin va «Krasnodar» yarimhimoyachisi Pavel Mamaev 8 oktabr kuni kafeda davlat mulozimini do'pposlashdi, deb xabar beradi Mash.

Futbolchilar kafelardan biriga nonushta qilish uchun borishgan. Ammo shovqin solib, boshqa mijozlarga halaqit berishgan. Shunda kafe xodimlari ularni mast holda deb gumon qilib, tinchlantirishga urinishgan. Kafening doimiy mijozlaridan biri bo'lmish moskvalik mulozim esa ularga tanbeh bergan. Bu esa futbolchilarga yoqmagan. Dastlab Kokorin uni stul bilan urgan, shundan so'ng, Mamaev uning yuziga qo'li bilan zarba bergan. Shundan so'ng, mushtlashuv boshlanib ketgan.

Futbolchilar bilan yuz bergan mojaroda jabrlangan mulozimning Minpromtorg rahbarlaridan biri Denis Pak ekani aytilmoqda.

Voqea yuzasidan Moskva poliTsiya tomonidan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.