Ronaldu, Modrich, Saloh va Messi – «Oltin to'p»ga nomzodlar ro'yxatiga kiritildi
Oct. 8, 2018, 10:54 p.m. 5113

France Football jurnali «Oltin to'p»ga nomzod bo'lgan 30 nafar futbolchi nomini elon qildi.

Birinchi beshlik: Serxio Aguero («Manchester Siti», Argentina), Alisson («Liverpul», Braziliya), Garet Beyl («Real», Uels), Karim Benzema («Real», FranTsiya), Edinson Kavani («PSJ», Urugvay).

Ikkinchi beshlik: Tibo Kurtua («Real», Belgiya), Krishtianu Ronaldu («Yuventus», Portugaliya), Kevin de Bryuyne («Manchester Siti», Belgiya), Roberto Firmino («Liverpul», Braziliya), Diego Godin («Atletiko», Urugvay).

Uchinchi beshlik: Antuan Grizmann («Atletiko», FranTsiya), Eden Azar («Chelsi», Belgiya), Isko («Real», Ispaniya), Harri Keyn («Tottenhem», Angliya), Ngolo Kante («Chelsi», FranTsiya).

To'rtinchi beshlik: Ugo Loris («Tottenhem», FranTsiya), Mario Manjukich («Yuventus», Xorvatiya), Sado Mane («Liverpul», Senegal), Marselo («Real», Braziliya), Kilian Mbappe («PSJ», FranTsiya).

Beshinchi beshlik: Lionel Messi («Barselona», Argentina), Luka Modrich («Real», Xorvatiya), Neymar («PSJ», Braziliya), Yan Oblak («Atletiko», Sloveniya), Pol Pogba («Manchester Yunayted», FranTsiya).

Oltinchi beshlik: Ivan Rakitich («Barselona», Xorvatiya), Serxio Ramos («Real», Ispaniya), Muhammad Saloh («Liverpul», Misr), Luis Suares («Barselona», Urugvay), Rafael Varan («Real», FranTsiya).

«Oltin to'p» sohibi nomi 3 dekabr kuni elon qilinadi.

Malumot o'rnida, franTsuz tilidan tarjima qilganda «Oltin to'p» manosini anglatuvchi «Ballon d'Or» sovrini 1956 yilda tasis etilgan bo'lib, 1995 yilgacha faqat evropalik futbolchilarga topshirilgan. O'sha yildan boshlab France Football uni qaysi mamlakatdan ekanligidan qati nazar, Evropa klublarida to'p surgan futbolchilarga topshirishni yo'lga qo'ygan. 2007 yildan boshlab esa ushbu sovringa butun dunyodan professional futbolchilar davogarlik qilishi mumkin bo'ldi.

2016 yilda France Football nufuzli mukofot tasis etilganining 60 yilligi munosabati bilan 1958-1994 yillar uchun berilgan «Oltin to'p»larning butun jahon futboli uchun muqobil sohiblarini elon qildi.

Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi besh martadan ushbu sovrinni qo'lga kiritishgan. Mukofotlar soni bo'yicha ulardan keyingi o'rinda 3ta «Oltin to'p»ga sazovor bo'lgan 3 futbolchi turadi. Bular - «Ayaks»dan Yohan Kroyf, «Yuventus»dan Mishel Platini va «Milan»dan Marko van Basten.

«Barselona» klubi o'z azolarining «Oltin to'p»ni qo'lga kiritishi bo'yicha mutlaq rekordchi sanaladi. Hozirga qadar «Barsa»ning 11 nafar azosi bu sovringa loyiq topilgan.

3ta davlat vakillari «Oltin to'p»ni hammadan ko'p qo'lga kiritgan. Aniqroq aytsak, Niderlandiya, Germaniya va Portugaliya terma jamoalarining har biridan 7 nafardan vakil ushbu sovrin sohibi bo'lgan.

Futbol olamidagi uchta eng nufuzli sovrin – Jahon kubogi, «Oltin to'p» va Evropa kubogi / UEFA Chempionlar ligasi g'olibligini qo'lga kiritgan futbolchilar soni 8 nafarni tashkil etadi. Ular quyidagilar: Bobbi Charlton (Angliya), FranTs Bekkenbauer, Gerd Myuller (ikkisi – Germaniya), Paolo Rossi (Italiya), Zinedin Zidan (FranTsiya), Rivaldo, Ronaldino, Kaka (uchalasi – Braziliya).

Qayd etish joiz, o'tgan yildan boshlab FIFA va France Football o'rtasidagi hamkorlik to'xtatilgan edi. 24 sentabr kuni Xalqaro Futbol AssoTsiaTsiyalari Uyushmasi 2018 yilning eng yaxshi futbolchisi deya Xorvatiya terma jamoasi va «Real» yarimhimoyachisi Luka Modrichni etirof etgan edi.

Eslatib o'tamiz, «Oltin to'p» oxirgi 10 yildan buyon Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi o'rtasida taqsimlab kelinmoqda.