«Oltin to'p»ga nomzod bo'lgan yana 5 futbolchi nomi elon qilindi
Oct. 8, 2018, 10:11 p.m. 11545

Bugun, 8 oktabr kuni France Football nashri o'z talqiniga ko'ra yilning eng yaxshi futbolchisiga topshiriladigan «Oltin to'p» sovrini uchun nomzodlar ro'yxatini elon qilishda davom etmoqda.

Ayni vaqtga kelib to'rtinchi beshlik vakillari ham malum bo'ldi: Ugo Loris («Tottenhem», FranTsiya), Mario Manjukich («Yuventus», Xorvatiya), Sado Mane («Liverpul», Senegal), Marselo («Real», Braziliya), Kilian Mbappe («PSJ», FranTsiya).

Bungacha 15 futbolchi nomi elon qilingandi:
Birinchi beshlik: Serxio Aguero («Manchester Siti», Argentina), Alisson («Liverpul», Braziliya), Garet Beyl («Real», Uels), Karim Benzema («Real», FranTsiya), Edinson Kavani («PSJ», Urugvay).

Ikkinchi beshlik: Tibo Kurtua («Real», Belgiya), Krishtianu Ronaldu («Yuventus», Portugaliya), Kevin de Bryuyne («Manchester Siti», Belgiya), Roberto Firmino («Liverpul», Braziliya), Diego Godin («Atletiko», Urugvay).

Uchinchi beshlik: Antuan Grizmann («Atletiko», FranTsiya), Eden Azar («Chelsi», Belgiya), Isko («Real», Ispaniya), Harri Keyn («Tottenhem», Angliya), Ngolo Kante («Chelsi», FranTsiya).

Ro'yxatdan 30 nafar futbolchi joy olgan bo'lib, ular bugun kun davomida 5 nafardan elon qilib boriladi.

Malumot uchun, Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi besh martadan ushbu sovrinni qo'lga kiritishgan. Mukofotlar soni bo'yicha ulardan keyingi o'rinda 3 ta «Oltin to'p»ga sazovor bo'lgan 3 futbolchi turadi. Bular - «Ayaks»dan Yohan Kroyf, «Yuventus»dan Mishel Platini va «Milan»dan Marko van Basten.