Nurmagomedov Makgregorni taslim qildi. Jangdan keyin mojaro yuzaga keldi
Oct. 7, 2018, 10:33 a.m. 24378

Las-Vegasda UFC’ning ikki vazn toifasidagi sobiq chempioni irlandiyalik Konor Makgregor va tashkilotning engil vazn toifasidagi chempioni rossiyalik Xabib Nurmagomedov o'rtasida UFC 229 musobaqasi doirasida kechgan jangda rossiyalik sportchi g'alaba qozondi.

Jangning 4-raundida Nurmagomedov raqibini bo'g'ib oldi va irlandiyalik sportchi taslim bo'ldi. Shu tariqa, Nurmagomedov engil vazn toifasidagi chempionlik kamarini saqlab qoldi.

Bu Nurmagomedov uchun faoliyatida 27 jangdagi 27-g'alaba bo'ldi, Makgregor to'rtinchi marta mag'lub bo'ldi, u 21 jangda g'alabaga erishgan.

Jangdan keyin ehtiroslar oktagon tashqarisida ham davom etdi. Nurmagomedov avvaliga Makgregorning oldiga kelmoqchi bo'ldi, uni yaqinlashtirishmagach, zalga chiqdi va Konorning jamoadoshlariga tashlandi. Xuddi shu vaqtda Nurmagomedovning jamoadoshlari oktagon ichiga kirib, Makgregor bilan mushtlasha ketdi. Vaziyatga poliTsiyachilar va qo'riqchilar aralashishdi.

Nurmagomedovni endilikda jarima va sankTsiyalar kutmoqda.