«Arsenal»ning supergoli. Remzi maydonga chiqishi bilanoq gol urdi
Oct. 7, 2018, 6:35 p.m. 4644

«Arsenal» yarim himoyachisi Aaron Remzi APLning 8-turida «Fulhem»ga qarshi o'yindagi (5:1) gollardan biriga mualliflik qildi.

O'yinning 67-daqiqasida maydonga tushgan Aaron Remzi shu daqiqaning o'zida, 39 soniya ichida o'zi boshlagan hujumni tovoni bilan bergan zarbasi orqali yakunlab, chiroyli gol muallifiga aylandi.

Bu «Arsenal»da 2007 yildan buyon zaxiradan tushgan futbolchi tomonidan urilgan eng tezkor gol bo'ldi: o'shanda Niklas Bendtner maydonga tushganiga 35 soniya bo'lganida darvozani ishg'ol etgandi.