Makgregor va Nurmagomedov jang uchun necha pul olishi aytildi
Oct. 6, 2018, 3:19 p.m. 33016

UFC’ning ikki vazn toifasidagi sobiq chempioni Konor Makgregor va tashkilotning engil vazn toifasidagi chempioni rossiyalik Habib Nurmagomedov UFC 229 musobaqasida eng katta pulni olishadi, deya xabar bermoqda MMAFighting. 

Nurmagomedov jang uchun 2 million dollar oladi, Makgregor esa bir millionga ko'proq - 3 mln dollar. Musobaqadagi qolgan jangchilar orasida eng katta pul Toni Fergyusonga beriladi - 150 ming dollar.

UFC 229’dagi ish haqi:

Konor Makgregor — $ 3 mln.
Habib Nurmagomedov — $ 2 mln. 
Toni Fergyuson — $ 150 ming 
Entoni Pettis — $ 145 ming 
Ovins Sen-Pryu — $ 86 ming
Dominik Reyes — $ 45 ming
Aleksandr Volkov — $ 75 ming
Derrik Lyuis — $ 135 ming
Mishel Uotterson — $ 50 ming 
Feliz Xerrig — $ 40 ming

Ushbu pullarga qo'shimcha ravishda, Makgregor va Nurmagomedov pullik televidenie servislaridan olingan mablag'lar bo'yicha foizlarni oladi. Jang atrofidagi katta qiziqish etiborga olinadigan bo'lsa, gap juda katta pul haqida ketmoqda, ammo hozircha bu raqamlar oshkor qilinmadi.

Eslatib o'tamiz, Makgregor va Nurmagomedov o'rtasidagi jang 7 oktabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 9:00da bo'lib o'tadi.