UEFA Ronalduga nisbatan intizomiy ish ochdi
Sept. 20, 2018, 7:15 p.m. 19310

UEFA «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronalduga nisbatan Chempionlar ligasi guruh bosqichi birinchi turi doirasida «Valensiya»ga qarshi o'yindagi holat bo'yicha ish ochdi. Bu haqda ESPN xabar tarqatmoqda.

Portugaliyalik forvardga nisbatan ish 27 sentabr kuni Nazorat, etika va axloq bo'yicha boshqarma tomonidan ko'rib chiqiladi. Futbolchi o'yinda olingan qizil kartochkasi tufayli Chempionlar ligasining keyingi turida 2 sentabr kuni «Yang Boyz»ga qarshi o'yinni avtomatik ravishda o'tkazib yuboradi, ammo uning diskvalifikaTsiyasi muddati uzaytirilishi mumkin.

19 sentabr kungi o'yinda Ronaldu «Valensiya» himoyachisi Jeyson Murilo bilan yuzaga kelgan vaziyatda qizil kartochka olib, maydonni tark etgandi. O'yin hakami Feliks Brix Ronaldu Muriloning yuziga qasddan urgan, deb topdi va u maydonni ko'zda yosh bilan tark etdi.

Bu 33 yoshli futbolchi uchun Chempionlar ligasidagi ilk qizil kartochka bo'ldi.

Kamchilik bo'lib qolganiga qaramasdan «Yuventus» «Valensiya» ustidan 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Ikki golni ham xavbek Miralem Pyanich penaltidan urdi.