«PSJ» hujumchilari uchligi xudbinlikda ayblandi
Sept. 20, 2018, 10:08 p.m. 6163

O'tmishning mashhur hujumchilaridan biri Jan-Per Papen «PSJ» klubining hujumkor uchligi Mbappe, Neymar va Kavanini tanqid qildi.

Uning fikriga ko'ra, muhim vaziyatlarda ularning har biri jamoaning emas, balki o'z manfaatlari uchun harakat qilmoqda.

«Men uchun ular qahramon emas, balki xudbinlardir. Bazan maydondagi o'rning va vazifangga qaramay, jamoa manfaati uchun to'p tepish lozim bo'ladi. Afsuski, «PSJ» hujumchilari faqat o'zini o'ylamoqda.

FranTsiyada o'ynayotgan yulduzlar bilan xorijdagilar o'rtasida farq bor. Bu erda ularni boshqarib bo'lmay qolyapti», - deb Papen so'zlarini keltirmoqda Goal.